DEMANSH 044 elektr skuter — shahar bo‘ylab qulay va zamonaviy harakatlanish uchun mo‘ljallangan kuchli elektrotransport. 500W motor va 72V 20Ah akkumulyator (6 dona) samarali harakatlanish imkonini beradi. Skuter LED chiroqlar, takomillashtirilgan elektron tablo, Bluetooth va NFC karta funksiyalari bilan jihozlangan.
Boshqaruvda Sport, Eko, Parkovka va Orqaga harakat (Zadni) rejimlari mavjud. Kruiz kontrol uzoqroq masofalarda qulay boshqaruvni ta’minlaydi. Old qismida suyuq tormoz tizimi, orqa qismida esa kolotka tormoz o‘rnatilgan.
DEMANSH 044 kundalik foydalanish, shahar ichida qatnov va qulay harakat uchun zamonaviy tanlov. Komplekt tarkibida bakavoy, zaryadnik, kaska hamda yomg‘ir va quyoshdan himoyalovchi plash mavjud.

