DEMANSH 044 — kundalik foydalanish, shahar va qishloq yo‘llarida harakatlanish uchun mo‘ljallangan zamonaviy elektr skuter. Kuchli 500W motor va 72V 20Ah akkumulyatorlar (6 dona) bilan jihozlangan. Maksimal tezligi 55 km/soat, bir zaryadda yurish masofasi esa 60 km gacha yetadi.
Skuterda avtomatik va qo‘lda boshqarish tizimi mavjud. Eng muhim qulayliklardan biri — R rejimi, ya’ni orqaga harakatlanish funksiyasi. Bu tor joylarda parkovka qilish va manevrlarni osonlashtiradi.
LED chiroqlar tungi vaqtda yo‘lni yaxshi yoritishga yordam beradi. Takomillashtirilgan elektron panel orqali tezlik va akkumulyator holatini nazorat qilish mumkin. Old qismda suyuq tormoz tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, samarali tormozlash imkonini beradi.
Skuter qulay o‘rindiq, mustahkam konstruksiya va kundalik foydalanish uchun amaliy jihozlar bilan ta’minlangan. Komplekt tarkibida bagaj qutisi, zaryadlovchi qurilma, kaska va yomg‘irdan himoyalovchi plash mavjud.

