Uzoq yillar davomida Shimoliy Karolina qirg‘og‘idagi sokin Barkli-Kouv shaharchasida Botqoq qizi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. 1969-yil oxirida mahalliy pleyboy Chezning jasadi topilganda, shahar aholisi darhol Kia Klarkdan - bolaligidan botqoqliklarda yashovchi zohid qizdan shubhalanishdi. Sezgir va aqlli Kia chindan ham botqoqlikni o‘z uyi, botqoq qushlari, baliqlari va hayvonlarini esa do‘sti deb biladi. Ammo ulg‘ayish davri kelganda, Kia hayotning butunlay boshqa tomonini kashf etadi, unda sevish va sevilish istagi uyg‘onadi. Kia bu noma’lum yangi dunyoga quvonch bilan sho‘ng‘iydi - toki aql bovar qilmaydigan narsalar sodir bo‘lmaguncha. Mashhur biolog Deliya Ouensning romani tabiatning haqiqiy madhiyasi, ulg‘ayish haqidagi nozik hikoya, yolg‘izlik haqidagi roman, odamlarning aloqalari, odamlar umuman bir-biriga kerakmi yoki yo‘qligi haqidagi roman, shu bilan birga, bu qotillik bilan bog‘liq bo‘lgan yoki bo‘lmagan qorong‘u, sirli hikoya.

