Deli 4043ES — hujjatlar, pul va qimmatbaho buyumlarni xavfsiz saqlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy metall seyf. U uyda, ofisda, do‘konda yoki boshqa ish joylarida foydalanish uchun qulay.
Seyf elektron kodli qulf bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchi shaxsiy parol o‘rnatishi mumkin. Favqulodda vaziyatlarda ochish uchun mexanik kalit ham mavjud.
Korpus mustahkam po‘latdan tayyorlangan va korroziyaga chidamli qoplama bilan himoyalangan. Qalin eshik paneli va kuchli rigenlar tizimi buzib kirishga qarshi yuqori darajadagi himoya beradi.
Ichki qismida olinadigan polka va alohida ichki quti (treyzer) mavjud bo‘lib, hujjatlar, pul, kalitlar va boshqa buyumlarni tartibli saqlash imkonini beradi. Seyfni devor yoki polga mahkamlash ham mumkin.

