• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: eco
• Sahifalar 204
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Stiker bonus
• Batafzil o'qing😊
Psixologlarning fikricha, ko‘pincha yomon kayfiyat, salbiy holatlar va hatto ayrim kasalliklarning sababi — bu qachonlardir boshimizdan o‘tgan, balki o‘zimiz ham sezmagan psixologik travmadir. Ushbu travmani davolash orqali ko‘plab muammolardan xalos bo‘lish mumkin. Ammo yoningizda psixolog bo‘lmasa, buni qanday amalga oshirish mumkin? Agar psixolog bo‘lsa ham, muammoni vaqtinchalik emas, balki butunlay hal qilishning yo‘li qanday?
Javob so‘zning to‘g‘ri ma’nosida qo‘lingizda, ya’ni tanangizda! Deydre Fey — tajribali psixoterapevt, bestsellerlar muallifi bo‘lib, u o‘z amaliyotida neyrobiologiya yutuqlarini va Sharqning tanaga yo‘naltirilgan qadimiy ta’limotlari donishmandligini uyg‘unlashtirgan.
Ushbu kitob ko‘p yillik izlanishlar natijasi bo‘lib, psixologik travmalardan xalos bo‘lish yo‘lidagi qo‘llanmangizdir. Muallifning relaksatsiya texnikalari asosi — tana. Xotirjamlik va o‘zini boshqarish manbai shifokor yoki psixolog so‘zlari emas, balki o‘zingiz bo‘lasiz. Oddiy mashqlar, masalan tish tozalash kabi kundalik harakatlar ham ko‘plab dori vositalarining o‘rnini bosishi va xavotir, stress, qo‘rquv hamda kutilmaganda paydo bo‘ladigan boshqa salbiy his-tuyg‘ulardan xalos etishi mumkin (axir bunday holat sizda ham bo‘lib turadi, shunday emasmi?). Amaliyotlar shunchalik samaraliki, bir marta o‘rganilgan saboqni tanangiz unutmaydi. Chunki tana hamma narsani eslab qoladi.

