DEEP MOISTURE Sochlar uchun namlantiruvchi konditsioner
Vazifasi: Soch sinuvchanligini kamaytiradi. Sochlarga yumshoqlik, elastiklik va yorqinlik baxsh etadi.
Ta’siri:
Deep Moisture konditsioneri quruq sochlarni bir zumda namlaydi. Sochlarga yumshoqlik, elastiklik, oson taralish va tabiiy yaltirash beradi.
Konditsionerning samaradorligi asal va mango ekstrakti bilan ta’minlanadi. U fen va soch tekislagichdan tez-tez foydalanish natijasida yuzaga keladigan soch sinuvchanligini samarali kamaytiradi.
Asal sochlarni yumshatadi va oziqlantiradi, ularning sog‘lom va parvarishlangan ko‘rinishiga yordam beradi.
Qo‘llash usuli:
Nam sochlarga massaj harakatlari bilan surting. 1–3 daqiqa davomida qoldiring, so‘ng suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.

