Faollashtirilgan ko‘mir va shifobaxsh o‘simliklar ekstraktlari qo‘shilgan ko‘mir niqob-plyonkasi terini samarali tozalash uchun ishlab chiqilgan. Faollashtirilgan ko‘mir ifloslik va toksinlarni yumshoq tarzda o‘zlashtiradi, teshiklarni tozalaydi va ortiqcha yog‘ hamda kirlarni olib tashlaydi, yog‘ tiqinlarini yo‘qotadi, terining o‘lik hujayralarini yo‘qotadi. Yashil choy, qizilcha, tirnoqgul, moychechak, qora smorodina barglarining tabiiy ekstraktlari yog‘ bezlari sekretsiyasini me’yorlashtirib, qora nuqtalar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Niqob kuchli lifting ta’siriga ega, mayda ajinlarni tekislaydi, yuz ovalini modellashtiradi. Teringiz silliq, toza, yog‘li yaltirashsiz bo‘ladi.
Qo‘llash usuli: Yuz va bo‘yinning tozalangan, quruq terisiga yupqa qavat qilib surtiladi, ko‘z atrofiga surtilmaydi. 10-20 daqiqa quritishga qo‘yamiz. Niqob terida parda hosil qiladi. Plyonkaning chetidan pastdan yuqoriga qarab tortib olinadi. Haftada 1-2 marta qo‘llaniladi.

