Madagascar Bloom — iliq tropik muhit, quyoshli kun va ekzotik mevalar kayfiyatini ifodalovchi tana uchun yengil mist. Kompozitsiya pushti ajdar mevasi — pitahayaning shirali va ekzotik ohangi bilan ochiladi. Unga lichi essensiyasi qo‘shilib, hidga mevali, suvli va biroz shirin tus beradi.
Aromat asta-sekin yumshoqroq va iliqroq tusga o‘tadi. Vanil akkordi kompozitsiyaga yoqimli kremmsimon shirinlik qo‘shadi. Yakunida esa quyoshli mushk iliq, yumshoq va qulay taassurot qoldiradi.
Madagascar Bloom klassik atirdan ko‘ra yengilroq Body Mist formatida yaratilgan. Uni dushdan keyin, ko‘chaga chiqishdan oldin yoki kun davomida hidni yangilash uchun ishlatish mumkin. Yengil purkash terida tropik, mevali va mayin shirin aromatik kayfiyat yaratadi.
Mevali, vanilli va mushkli ohanglarning kombinatsiyasi kompozitsiyani yorqin, shirin va tropik xarakterga olib keladi. Flakon dizayni ham ushbu kayfiyatni davom ettiradi — ekzotik tabiat, iliq quyosh, gullar va dam olish atmosferasi.
Xususiyatlari va tavsiflari:

