• Quvvat, Vt: 2400
• Shnur uzunligi, m: 1.9
• Kafolat muddati: 2 yil
• Bug ' zarbasi: 160 g/min
• Bug ' berish: 35 g/min
• Противокапельная система: Да
• Suv idishi: 270 ml
Tefal Express Steam FV2835E0 dazmoli
Yuqori bug’ quvvati* va o‘ylab yaratilgan funksiyalarning uyg‘unligi bilan Express Steam dazmoli dazmollashni oson va tez amalga oshiradi. Dazmolning keramik tagligi har qanday matoda bemalol sirpanadi va ularni mukammal tekislaydi. 2400 Vt yuqori quvvat tez qizishni ta’minlaydi, 160 g/min bug‘ zarbasi esa eng qattiq burmalarni ham yo‘q qilishga yordam beradi. Dazmol kiyimga kundalik parvarishni yengillashtiradigan zamonaviy funksiyalar bilan jihozlangan: “Tomchilashga qarshi” tizim dazmollash vaqtida kiyimda dog‘ paydo bo‘lishidan himoya qiladi, katta suv baki esa har foydalanishda qulay to‘ldiriladi.

Yuqori quvvat

Bug‘ zarbasi

Doimiy bug‘ chiqarish

Tomchilashga qarshi tizim

2400 Vt quvvat
Yuqori quvvat taglikning tez qizishini va samarali dazmollashni ta’minlaydi.

Kuchli bug‘ zarbasi
Bug‘ zarbasi 160 g/min tezlikda beriladi, bu zich matolardagi eng qattiq burmalarni ham tekislashga va tik holda bug‘ berishga imkon beradi.

Sifatli dazmollash
Doimiy bug‘ chiqarish 35 g/min gacha bo‘lib, kiyimga tez va samarali parvarish hamda mukammal natijani kafolatlaydi.

Keramik taglik
Taglik maxsus dizaynda ishlab chiqilgan: keramik qoplama va yumaloq chetlar yengil va silliq sirpanishni ta’minlaydi.

Dog‘larga qarshi himoya
“Tomchilashga qarshi” tizim matoda dog‘ paydo bo‘lishining oldini oladi, dazmollash vaqtida kiyimni toza saqlaydi.

Katta suv baki
270 ml hajmli suv baki har galgi foydalanishda qulay to‘ldirish uchun keng teshikka ega.
Yuoqrida keltirilgan funksiyalar va xususiyatlar ma’lumot uchun berilgan bo‘lib, aniq modelga qarab farq qilishi mumkin.

