• Balandlikni sozlash (100 sm gacha)
• 290°C gacha issiqqa chidamli gilamcha
• O‘rnatilgan rozetka
• Bug‘ni yaxshi o‘tkazuvchi yuzasi
• Dazmol qo‘yish joyi + kiyim polkasi
• Mustahkam metall karkas
Harbinger MM127 Power Board dazmol taxtasi — uy sharoitida qulay va samarali dazmollash uchun mo‘ljallangan zamonaviy model. Mustahkam konstruktsiya va qo‘shimcha funksiyalar uni kundalik foydalanish uchun ideal qiladi.
Balandlikni sozlash funksiyasi yordamida taxtani o‘zingizga moslab ishlatishingiz mumkin. Bu esa bel va qo‘lga tushadigan yuklamani kamaytiradi. Maksimal balandligi 100 sm gacha.

Issiqqa chidamli silikon gilamcha 290°C gacha bardosh beradi, bu esa issiq dazmolni xavfsiz qo‘yish imkonini beradi. Perforatsiyalangan yuzasi bug‘ni yaxshi o‘tkazadi va dazmollash sifatini oshiradi.
Qo‘shimcha qulaylik uchun rozetka, dazmol qo‘yish joyi va kiyimlar uchun polka mavjud.
Texnik xususiyatlari
