Ona tili va adabiyot fanidan eng so'nggi standartda tayyorlangan milliy sertifikat kitobining II qismi nashrdan chiqdi. Mazkur kitob Davron Akbar tomonidan avvalroq taqdim etilgan I qism kitobining davomi hisoblanadi. Unga 2026-yil va undan keyingi davr imtihonlariga oid test topshiriqlari kiritilgan. Milliy sertifikat II qism kitobi I qismdan farq qiladi va quyidagi xarakterlarga ega: Grammatik savollar o'rtacha qiyinlikda tuzilgan. Oxirgi imtihon namunalariga moslashtirilgan. Ilmiy matn va badiiy matnlar bo'yicha test topshiriqlari murakkablashtirilgan. G'azal tahliliga oid testlar imtihon muhitiga moslashtirilgan va test topshiriqlari testologik qonuniyatlariga maksimal javob berishi ta'minlangan. Yangilangan badiiy asarlar ro'yxati asosida test savollari shakllantirilgan hamda she'riy parchalardan savollar kiritilgan. Eng dolzarb esse mavzulari tanlab olingan.

