Qazg‘oqqa moyil sochlar odatda ingichka, xira, zaif, mo‘rt bo‘ladi. Yuvilgandan so‘ng mayda qazg‘oq paydo bo‘ladi, u teshiklarni berkitadi, soch piyozchalariga havo kirishiga to‘sqinlik qiladi va shu bilan soch ildizlarini zaiflashtiradi.
Qazg‘oqqa qarshi profilaktik BALZAM-KONDITSIONER Degtarniy - qazg‘oq va bosh terisi quruqligiga qarshi kurashda sizning ideal tabiiy yordamchingiz. Tarkibida qayin qatroni bor, shuning uchun tabiiy qatron hidi keladi.
QAYIN QATRONI - ekologik toza mahsulot bo‘lib, u:
bosh terisini samarali tozalaydi va tinchlantiradi
qichishish va ta’sirlanishni yo‘qotadi
qazg‘oq paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi
Ishlatilishi: yuvilgan nam sochlar va bosh terisiga bir tekisda surting. Yaxshilab uqalang va suv bilan yuvib tashlang. Ta’sirni kuchaytirish uchun niqob sifatida sochlarda 10-15 daqiqa qoldiring, so‘ngra suv bilan yuvib tashlang.

