Mazkur darslik davlat va huquq nazariyasi moduli boʻyicha tayyorlangan boʻlib, unda modulning oʻquv dasturi asosida mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar roʻyxati oʻz ifodasini topgan. Darslik oliy yuridik taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga moʻljallangan.

