"Davlat va huquq asoslari. 11-sinf" darsligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, davlat va huquq fanini yakuniy bosqichda chuqur o‘rganishga xizmat qiladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, oila huquqi, jinoyat huquqi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, yuridik javobgarlik hamda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslari yoritilgan. Shuningdek, darslikda nazariy bilimlarni amaliy hayot bilan bog‘lashga yordam beradigan misollar, savollar va topshiriqlar berilgan.

