"Davlat va huquq asoslari. 9-sinf" darsligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Darslik o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, huquqiy davlat tamoyillari, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari hamda davlat hokimiyati organlarining faoliyati haqida asosiy bilimlarni beradi.

