Ushbu qo‘llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritishida eng ko‘p qo‘llaniladigan hujjatlar, ularni tayyorlash tartibi ko‘rib chiqiladi, misollar va ish yuritish glossariysi keltiriladi. Qo‘llanma birinchi navbatda tashkilot rahbarlari va xodimlari, boshqaruv faoliyatida hujjatlar bilan bevosita ishlovchi shaxslar, kotib-referentlar va kadrlar xizmati xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan buxgalterlar, yuriskonsultlar, auditorlar va menejerlar ham foydalanishlari mumkin.

