Bu badiiy adabiyot ham, huquqshunoslik kitobi ham emas. Asosiy mavzu — rasmiy ish yuritishni davlat (o‘zbek) tilida olib borish.
Qo‘llanmada tashkilotlarda eng ko‘p qo‘llaniladigan hujjatlar, ularni tuzish qoidalari ko‘rib chiqiladi va hujjatlardan namunalar keltiriladi. Shuningdek, ish yuritish bilan bog‘liq atamalar lug‘ati ham mavjud. Kitob tashkilot rahbarlari va xodimlari, hujjatlar bilan ishlovchi mutaxassislar, kotib-referentlar va kadrlar bo‘yicha mutaxassislar uchun mo‘ljallangan; shuningdek, buxgalterlar, yuristlar, auditorlar va menejerlar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

