Ong osti aqlimiz uni nima maqsadda yaratadi? O‘z-o‘zini davolashning bosh qonuni qanday? Mashhur amaliyotchi psixoterapevt, psixolog, oddiy va samaradorligi bilan o‘ziga xos psixologik metodikalar muallifi Valeriy Sinelnikov o‘z asarlarida bu savollarga batafsil javob bergan.
Uning metodikalari kasallikka munosabatimizni o‘zgartirishga, tanamizni sog‘lom, hayotimizni esa yorqin va baxtli qilishga yordam beradi. Doktor Sinelnikov tomonidan ishlab chiqilgan yangi dunyoqarash modeli, muallifning samarali usul va strategiyalari sizni nafaqat shifo topish, balki kasallikning oldini olish sirlaridan voqif etadi.
Siz tuyg‘ularingizni boshqarish, boshqalarning fikrini o‘qishni o‘rganib olasiz, qo‘rqov va tushkunlik bilan xayrlashasiz, aybdorlik tuyg‘usi va behudaga achinishdan voz kechasiz, hayotingizdan stresslar batamom chiqib ketadi.
Sinelnikovning asarlari tili shunchalik sodda-ki uni nafaqat tibbiyot xodimlari, balki oddiy insonlar ham o‘qib tushunib olishlari mumkin.

