• Yangi nashr, yumshoq muqova, 126 sahifa
Taniqli adib Xurshid Do'stmuhammadning hikoyalari xilma-xil uslubda yozilgani yaqqol ko'zga tashlanadi. Goh sof an'anaviy hayotiy manzaralar, goh ramz va timsollarga asoslangan tasvir yo'sini, goh shakliy izlanishlar kitobxonni aslo befarq qoldirmaydi, balki uni jiddiy mutolaaga chorlaydi - shu asnoda yozuvchining badiiy olami kitobxonning badiiy olamiga ko'chib o'tadi: dunyoni, odamlarni o'zgacha nazar-nigoh ila kuzatish, idrok etish, anglab yetishga urinish boshlanadi.
Bugungi kun zamonaviy adabiyotimizda paydo bo'lgan ko'plab e’tiborga tushgan asarlar, o'zbek adabiyotida ham yozuvchilik mas’uliyatini anglagan adiblar borligidan dalolat bermoqda. Ushbu yozuvchilar Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon jasoratining davomchilari bo’lib ko’zga tashlanmoqda. Mana shunday ijodkorlardan biri Xurshid Do’stmuhammad desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xurshid Do’stmuhammad milliy adabiy an’analarini ham, dunyo adabiyoti tajribalarini ham puxta o‘rgangan, doimiy novatorlikka intilgan ijodkor.
Sizlarni ana shunday zavqli jarayonga taklif etamiz, aziz kitobxonlar!

