📌 Kitob nomi: Daraxtlar: "Yashil o'pka"miz bilan yaqindan tanishing, Ensiklopediya
📌 Muqova: Qattiq
📌 Chop etilgan yili: 2025
📌 Sahifalar soni: 66
Assalomu alaykum!
Bolajonlar, qalaysiz?
Zo'r kitob ekanmi? Boshqa kitoblarga o'xshamas ekanmi?
Kitobda chiroyli, rang-barang suratlar bor, kichkina hikoyachalar bor. Daraxtlar haqida nimani so'ramoqchi bo'lsangiz, javobini mana shu kitobdan topasiz.
Masalan, to'rtta fasl, daraxtning urug'i, ildizi, ko'chati, novdasi, shoxlari, bargi, mevasi haqida bilib olasiz. O'rmondagi daraxtlarni kim ekkan? Kema nimadan yasaladi? Qog'oz ham daraxtdan olinadimi? Mana shunga o'xshagan savollarga ham javob berilgan. Umuman, daraxt bilan bog'liq nimaiki mavzu bo'lsa, iloji boricha hammasi haqida yozishga harakat qilingan.
Bu kitobda fotosintez, zaytun moyi, kakao daraxti, yog'och uylar, eng qadimgi daraxtlar, eng ulkan daraxtlar haqida o'qiysiz, hatto daraxtni qanday ekishni ham bilib olasiz.
Eng muhimi - bu kitobni o'qib, daraxtlar dunyodagi milliardlab insonlar, jonivorlar, hasharotlar uchun, ona tabiatimiz uchun xizmat qilishini, shu sababli uni hammamiz ehtiyot qilishimiz kerakligini bilib olasiz. Shuning uchun ham bu kitobni «Daraxtlar» deb nomlab qo'ya qoldik. «Yashil o'pka»miz bilan yaqindan tanishing!
Oiziqib ketyapsizmi? Unda vaqtingizni ko'p olmaylik. Marhamat, o'qishni boshlayvering!
📌 Kitobni yo‘qotmaslik uchun savatchaga qo‘shing! 🛒

