Agar siz ko‘zlangan natijalarga erishayotgan bo‘lsangiz-u, lekin... qilayotgan ishingizdan zavq olmayotgan bo‘lsangiz va o‘zingizni baxtli his qilmasangiz. Agar natijaga boradigan yo‘l natijaning o‘zidan kam ahamiyatli emasligini anglab yetgan bo‘lsangiz va o‘z qalbingiz bilan uyg‘unlikda yashashni qat’iy qaror qilgan bo‘lsangiz, unda bu kitob aynan siz uchun.
Daniella Laport maqsadlarga erishishning yangi mexanizmini taklif etadi: avval aynan qanday his-tuyg‘ularni tuyishni xohlayotganingizni tushunib olish, so‘ngra har bir kuningiz, oyingiz va yilingizni haqiqiy qadriyatlaringiz va intilishlaringizga tayanib rejalashtirish. Uning dasturi sizga qalbingiz tubida uzoq vaqt orzu qilgan hayot sari eng maqbul yo‘lni chizishga yordam beradi.

