Insoniyat Sayyidi, Sarvari koinot Muhammad Sollallohu Alayhi Vasallamga salavot yoʼllash ilohiy buyruq va Qiyomat kuni u zotga yaqin boʼlish baxtini beruvchi ulugʼ ibodatdir. Islom olamida salavotlar jamlangan kitoblar ichida eng maqbuli va sharqu gʼarbda mashhuri hisoblangan Imom Jazuliyning ushbu "Daloilul xayrot" (Yaxshiliklarga koʼrsatmalar) asari siz uchun aynan mana shunday baxt eshiklarini ochadi. Kunlik vazifalarga (virdlarga) boʼlib tartiblangan ushbu moʼʼtabar asar eng sahih hadislar, sahoba, tobein va ahli solihlarning qalb toʼridan chiqqan yuzlab goʼzal salavotlarni oʼzida jamlagan. Mazkur kitobni doimiy oʼqib yurishni odat qilgan kishining qalbi munavvar, yuzi nurli boʼlishi, unga rizq va saodat eshiklari ochilishi tajribalarda oʼz isbotini topgan.
Ushbu kitobda siz haftaning 7 kuniga va dushanba oqshomiga duolarni QR kod orqali tinglashingiz mumkin.

