Далоилул Хайрот (Dalоilul Xayrot) – Payg'ambarimiz Muhammad ﷺga yo'llanadigan salavot va duolar to'plami. Bu asar Islom tarixida salavotlarni jamlagan birinchi yirik kitob bo'lib, shu mavzudagi eng mashhur va keng o'qiladigan manbalardan biri hisoblanadi.
Kitob haqida
Asarni XV asrda marokashlik tasavvuf shayxi Imom Muhammad ibn Sulaymon al-Jazuliy (vaf. 1465) tuzgan. Kitob Allohning 99 ismi bilan boshlanadi, undan keyin Payg'ambarimiz ﷺning yuzdan ortiq muborak ismlari keltiriladi. So'ngra salavotlar va duolar beriladi. Asar asrlar davomida butun musulmon olamida o'qib kelinmoqda va ko'plab sharhlari yozilgan.
Qanday o'qiladi
Kitobning asosiy qismi yetti bo'limga bo'lingan. Har kuni bittadan bo'lim o'qib, bir haftada butun kitobni xatm qilish mumkin. Xohlaganlar uchun kitob uchdan bir va to'rtdan bir qismlarga ham ajratilgan, shuning uchun o'qish hajmini o'zingizga moslab olasiz.
Nashr xususiyatlari
Kimlar uchun


