"Daloilul hayrat"
Sayyid insoniyat, Sarvari koinot Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salovot yo‘llash ilohiy farmon va Qiyomat kunida u zotga yaqin bo‘lish baxtini beruvchi ulug‘ ibodatdir. Islam olamida salavotlar jamlangan kitoblar ichida eng ma’qul va Sharq va G‘arbda mashhur hisoblangan Imom Jazuliyning ushbu "Daloilul xayrat" (Yaxshiliklarga ko‘rsatmalar) asari siz uchun aynan mana shunday baxt eshiklarini ochadi. Kundalik vazifalarga (virdlarga) bo‘lingan ushbu mo‘tabar asar eng to‘g‘ri hadislar, sahobalar, tobeinlar va ahli solihlarning qalbidan chiqqan yuzlab go‘zal salavotlarni o‘zida jamlagan. Mazkur kitobni muntazam o‘qib borishga odatlangan kishining qalbi munavvar, yuzi nurli bo‘lishi, unga rizq va saodat eshiklari ochilishi tajribalarda o‘z isbotini topgan.

