Sianing hayoti yangi shahar va yangi maktabga ko‘chib o‘tishi bilan o‘zgarishi kerak edi. Ammo u yo‘lda g‘alati, ikki xil rangdagi ko‘zlari bor mushukni uchratadi. Mushukning ortidan ergashgan Sia mo‘jizaviy dunyoga tushib qoladi. Avvaliga bu joy sehrli va hayratlanarli ko‘rinadi, biroq tez orada qiz dahshatli haqiqatni anglaydi: u maxluqlar yashaydigan restoranga kelib qolgan!
Bu restoranda oddiy ovqat yeyish ham o‘limga olib kelishi mumkin. Taomdan bir luqma tatib ko‘rgan insonning yuragi mog‘or bilan qoplanib, urishdan to‘xtashi mumkin. Restoran egasi Harts esa dahshatli kasallikni davolash uchun kerakli yurakni izlamoqda. Sia uning tuzog‘iga tushib qolganidan so‘ng, o‘z hayotini saqlab qolish uchun bir oy davomida restoranda ishlab, davo topishga rozi bo‘ladi.
Endi Sia uchun har bir kun xavfli sinovga aylanadi. U g‘ayrioddiy mavjudotlar bilan uchrashadi, sirli restoran qoidalariga rioya qiladi va uyiga qaytish yo‘lini izlaydi. Ammo vaqt uning foydasiga ishlamaydi: agar davo topilmasa, u o‘z yuragidan ayrilishi mumkin. Sia bu dahshatli joydan qutula oladimi yoki restoran uni abadiy o‘zida saqlab qoladimi?
Minjun Kimning ushbu asari sehrli olam, qo‘rqinchli maxluqlar, sirli qahramonlar va kutilmagan voqealarni birlashtiradi. Sarguzasht, mistika va qorong‘i fantaziyani yoqtiradigan kitobxonlar uchun qiziqarli hikoya.

