Kitob haqida:
Sherlok Xolms va Arsen Lyupen sarguzashtlarini, detektiv kitoblarni katta qiziqish bilan o‘qiydigan bosh shifokor Shokir Fayzining o‘zi ham turli xatarli sarguzashtlarga duchor bo‘ladi. Keksa bemori orqali katta meros haqida eshitgach, tezroq boyib ketish ilinjida merosga olib boradigan jumboqlarni yechishga va xazina yashirilgan joyni qidirishga tushadi. Ammo bu ish u o‘ylagandan ancha sirli va mashaqqatli bo‘lib chiqadi. Hayoti xavf ostida qolgan lahzalarda shifokorlikni qo‘yib, detektivlikka yeng shimarganidan afsuslanadi, ammo hech qanday xatar uni bu yo‘ldan to‘xtata olmaydi. Xazina, sarguzashtlar va ishq...

