Islomda bolalarga ta’lim berish, ularni go‘zal odob-axloq bilan tarbiyalash ulug‘langan amallardan biridir. “Dadalar hamma narsani bilishadi” — bolalarning ruhiyatiga mos, bolalarcha beg‘ubor til bilan yozilgan iliq hikoyalar jamlanmasidir.
Kitobning bosh qahramoni bo‘lgan yosh qizaloq kitoblarga mehr qo‘ygan, o‘qiganlari orqali ilm va ibrat oladigan, sodda ammo hikmatli so‘zlari bilan o‘quvchini o‘ziga jalb etadi. Uning hikoyalarida halollik, odob, mehr-shafqat, sabr, ehtirom kabi fazilatlar chiroyli tarzda aks etadi.
Kitob har bir sahifada o‘quvchini fikrlashga, asosiy ma’nolarni o‘zi kashf etishga undaydi. Farzand tarbiyasida diniy va axloqiy tushunchalarni sodda uslubda yetkazishni istagan ota-onalar uchun ham foydali qo‘llanma bo‘la oladi.
📘 Sahifalar soni: 144 bet
📏 Bichimi: 13×20 sm
📕 Muqovasi: Qattiq
🇺🇿 Alifbosi: Kirill

