• D3 vitamini (xolekalsiferol)
• B6 vitamini (piridoksin)
• Menaxinon
• Magniy
• Rux
D3 vitamini (xolekalsiferol) - kalsiyning o‘zlashtirilishiga, suyaklar va tishlarning mustahkamlanishiga yordam beradi. Ichak hujayralarida D3 vitamini ishtirokida oqsillar sintezlanadi, ular kalsiyni qon oqimi bilan har qanday to‘qimalarga olib o‘tishga qodir. D3 vitamini tufayli hujayralararo suyuqlikda kalsiy ionlarining doimiy konsentratsiyasi saqlanib turadi, shunda suyak to‘qimasi zarur bo‘lganda ularni so‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
B6 vitamini (piridoksin) - qon hosil bo‘lishida, yog‘lar, oqsillar va aminokislotalar almashinuvida, oshqozonning kislota hosil qilish funksiyasini ta’minlashda ishtirok etadi. Teri va sochlarning tashqi ko‘rinishini yaxshilash xususiyatiga ega, epidermisning erta qarishiga to‘sqinlik qiladi. Piridoksin metabolik jarayonlarda bevosita ishtirok etadi.
Menaxinon — yog‘da eriydigan K vitaminining keng tarqalgan shakli bo‘lib, u birinchi navbatda organizm uchun hayotiy jarayonlarning kechishi, tomirlarning tozalanishi va qon ivishida zarurdir.
Magniy - suyak to‘qimasining shakllanishida ishtirok etadi, tishlar, tirnoq plastinkalari holatini yaxshilaydi, sochlarni mustahkamlaydi. Yurak ritmini, qon tomirlar tonusini me’yorlashtiradi, asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, asabiy zo‘riqishlardan, stresslardan himoya qiladi va uyquni yaxshilaydi. Silliq mushaklarni bo‘shashtiradi va ichak peristaltikasini yaxshilaydi. Trombotsitlarning yopishish (agregatsiya) jarayonini susaytirishi tufayli tromblar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Rux - keng ko‘lamli biologik ta’sirga ega mikroelement. Rux organizmning zararlangan hujayralari butunligini tiklashga yordam beradi. Rux immun tizimining ishlashi uchun zarur; interleykinlarni faollashtiradi, virusga qarshi va antitoksik xususiyatlarga ega. Rux shilliq pardalar epitelial hujayralarining tarkibiy elementi bo‘lib, qon hosil bo‘lishi va ovqat hazm qilish uchun zarurdir.

Qo‘llanish sohasi:
"D3&K2+Minerals MD" oziq-ovqatga qo‘shimcha BFQ vitaminlar va mikroelementlarning qo‘shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi. Oziq-ovqatga qo‘shilgan BFQ immun tizimining normal ishlashiga yordam beradi, oqsillar sintezini, suyaklar va tishlar salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Qo‘llash usuli va dozalari:
Ichkariga. Kattalarga kuniga 1 tabletkadan ichish tavsiya etiladi. Qabul qilish muddati: 1 oy. Yiliga 2-3 marta takrorlash tavsiya etiladi.
Qarshi ko‘rsatmalar
Mahsulot tarkibiy qismlarini shaxsiy ko‘tara olmaslik, homiladorlik, emizish. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
BFQ dori vositasi emas!
Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
Tavsiya etilgan dozalardan oshirmaslik.
Qo‘llashdan oldin mutaxassis maslahati tavsiya etiladi.
Saqlash shartlari
+25 oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.

