• Brend: Creed
• Model: Aventus
• Turi: Eau de Parfum
• Jinsi: Erkaklar uchun
• Hajmi: 100 ml
• Ishlab chiqarilgan davlat: Turkiya
• Aromat turi: Mevali, yog‘ochsimon
• Yuqori nota: Ananas, bergamot
• Yurak notasi: Qayin, yasmin, pachuli
• Asosiy nota: Mushk, eman moxi, ambra
Creed Aventus — kuch, muvaffaqiyat va yetakchilik ramzi hisoblangan mashhur erkaklar atiri. Ushbu aromat o‘ziga ishongan va yuqori didga ega erkaklar uchun yaratilgan.
Atir ochilishida ananas, bergamot va qora smorodina notalari tetik va qimmat hid beradi. Yurak notalarida yog‘ochsimon akkordlar erkakona xarakter yaratadi.Creed Aventus’ning eng katta ustunligi — uning “toza, qimmat va ishonchli” ohangida yangrashidir. Bu aromat odamga yaqin kelganda yumshoq, nafis ochiladi, masofadan esa o‘ziga xos kuchli shleyf bilan esda qoladi. Natijada siz atrofdagilarda “statusli erkak” taassurotini uyg‘otasiz.
Aventus ayniqsa ofis muhiti, uchrashuvlar, to‘y-tomosha va tantanali kechalarda juda mos: haddan tashqari og‘ir emas, lekin yetarlicha xarakterli. Bir necha purkashning o‘zi kifoya — aroma ortiqcha “baqirmaydi”, aksincha didli tarzda sezilib turadi.
Agar siz sovg‘a qidirayotgan bo‘lsangiz ham, bu variant eng xavfsiz tanlov: Aventus ko‘pchilikka yoqadi, universal va zamonaviy. Sovg‘a qilgan odam ham, olgan odam ham “qimmatbaho tanlov” ekanini darrov sezadi.
Mushk, eman moxi va ambra asosiy notalari esa uzoq davom etuvchi kuchli shleyf hosil qilib, atrofdagilar e’tiborini tortadi. Ish uchrashuvlari, kundalik foydalanish va maxsus kechalar uchun ideal tanlov.
✨ Haqiqiy status hid.

