Bo‘yashdan oldingi primer-sprey
G‘ovak (poroz) sochlarni tekislash uchun vosita.
Soch yuzasini tekislaydi, silliqligi va tabiiy jilolini oshiradi hamda bo‘yoqning sochlarga bir tekis tushishiga yordam beradi.
Asosiy xususiyatlari:
- Soch yuzasini tekislaydi, silliqlik va yorqin jilo beradi.
- Sochni bo‘yashga tayyorlaydi.
- Bo‘yoqning bir tekis va sifatli natija berishiga yordam beradi.
Professional tavsiya:
- Spreyni quruq sochlarga seping, ayniqsa eng g‘ovak (poroz) joylariga alohida e’tibor bering.
- Sochlar to‘liq nam bo‘lguncha spreyni qo‘llang.
- Sochni fen yordamida to‘liq quriting va odatdagidek bo‘yoqni surting.
Qo‘llash usuli:
- Spreyni quruq sochlarga, ayniqsa g‘ovak qismlariga mo‘l-ko‘l seping.
- Sochlar to‘liq nam bo‘lguncha qo‘llashni davom ettiring.
- Sochni fen bilan to‘liq quriting.
- Shundan so‘ng soch bo‘yog‘ini odatdagidek qo‘llang.
Tavsiya etilgan miqdor:
- O‘rtacha uzunlikdagi sochlar uchun 40 marta purkash tavsiya etiladi.
Faqat professional salonlarda foydalanish uchun.