Maqsadi: Sochlarga ajoyib yaltiroqlik beradi va jingalaklarni bir zumda shakllantiradi.
Ta'siri:
Coil Up jingalaklar uchun krem o‘rtacha darajadagi fiksatsiyani ta’minlaydi, sochlarga yorqin jilo beradi va jingalaklarni tezda shakllantiradi. Jingalak tolalarni yanada ifodali qiladi, sochlarni namlaydi hamda antistatik ta’sir ko‘rsatadi.
Tarkibidagi 3D-Sculpt mikropolimerlari, oziqlantiruvchi komponentlar va pantenol sochlarni parvarishlaydi, ularga tabiiy yaltiroqlik va sog‘lom ko‘rinishni qaytaradi. Shuningdek, sochlarni issiqlik ta’siridan himoya qiladi.
Qo‘llash usuli:
Jingalaklarni shakllantirish uchun oz miqdordagi kremni kaftlaringiz orasida ishqalang va quruq sochlarga bir tekis taqsimlang.
Kuchliroq fiksatsiyaga erishish uchun kremni sochiq bilan biroz quritilgan nam sochlarga bir tekis surting va diffuzor yordamida quriting. So‘ng istalgan turmakni yarating.

