✔️ Chevrolet Cobalt (avtomat)
✔️ Chevrolet Cobalt MCM
✔️ Chevrolet Spark
✔️ Chevrolet Malibu 1
✔️ Chevrolet Captiva (avtomat)
✔️ Chevrolet Cobalt (mexanika)
✔️ Chevrolet Onix (mexanika)
✔️ Chevrolet Tracker 2 (kalitli versiya)
✅ Avtomobilingizni standart pult yordamida masofadan ishga tushiring!
Ushbu qurilma TTech (Turkistan Technology) va SVETAFORUZ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Chevrolet avtomobillari uchun maxsus moslashtirilgan. Endi avtomobilingizni qo‘shimcha pult va murakkab o‘zgartirishlarsiz, faqat standart pult yordamida masofadan boshqarishingiz mumkin.
🔹 Standart pultdagi qulflash tugmasini 3 marta bosish orqali motor ishga tushadi.
🔹 Motor ishga tushgandan so‘ng 10 daqiqa davomida ishlab turadi va vaqt tugagach avtomatik o‘chadi.
🔹 Agar 10 daqiqa tugashidan oldin yana qulflash tugmasi 3 marta bosilsa, motor qo‘lda o‘chiriladi.
🔹 Agar avtomobilni darhol haydab ketmoqchi bo‘lsangiz, avtomobil ichiga o‘tirib tormoz pedalini bosmasdan kalitni kontaktga burang va odatdagidek harakatni davom ettiring.
🔹 Kalit kontaktga kiritilgandan so‘ng avtomobil standart rejimga o‘tadi va yo‘lda o‘chib qolmaydi.
⚠️ Agar haydovchi kalitni kontaktga kiritmasdan avtomobilni haydab ketishga urinsa, xavfsizlik maqsadida tormoz pedali bosilganda motor avtomatik o‘chadi.
Bu funksiya kalitsiz harakatlanish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar va avariyalarning oldini olish uchun ishlab chiqilgan.
🔹 Qulflash tugmasi 3 marta bosilganda avval ACC va IGN liniyalari yoqiladi.
🔹 Motor ishga tushgandan so‘ng BCM ning ko‘k simidan +12V signal paydo bo‘ladi.
🔹 Ushbu signal olingach qurilma ACC va IGN chiqishlarini o‘chiradi va motor ishlashda davom etadi.
⚠️ Agar BCM ko‘k simi ulanmagan yoki noto‘g‘ri ulangan bo‘lsa, motor ishga tushganidan so‘ng qisqa vaqt ichida o‘chib qoladi.
🔹 Masofadan motorni ishga tushirish funksiyasi ishlashi uchun immobilayzer tizimini chetlab o‘tish talab etiladi.
🔹 Buning uchun:
✔️ Ikkinchi kalit immobilayzer antennasi yoniga ichki tomondan joylashtiriladi yoki
✔️ Ikkinchi kalit zamok ichida qoldiriladi.
✔️ Standart pult bilan ishlaydi
✔️ Masofadan motorni ishga tushirish va o‘chirish imkoniyati
✔️ O‘rnatilishi oson
✔️ Original tizim bilan to‘liq mos ishlaydi
✔️ Xavfsizlik funksiyalari bilan jihozlangan
✔️ Kundalik foydalanishda qulay va ishonchli
🛠 Kafolat muddati: 1 yil

