• Nomi: Classroom of the Elite – Novel 1
• Muallif: Syougo Kinugasa
• Janr: Yengil roman (light novel), drama, psixologiya, maktab
• Tili: Ingliz tili
• Muqovasi: Yumshoq muqova
• Betlar soni: 291 bet
Classroom of the Elite, 1-jild — nufuzli Tokio Metropoliten Kadrlar Tayyorlash Oliy Maktabidagi o‘quvchilar hayoti haqida hikoya qiladi. Bu maktab tashqi tomondan mukammal ko‘rinsada, ichkarida qat’iy reyting tizimi va yashirin qoidalar mavjud. O‘quvchilar erkinlikka ega, ammo ularning kelajagi sinf reytingiga bog‘liq.
Bosh qahramon Ayanokoji Kiyotaka oddiy ko‘rinishga ega bo‘lsada, u atrofdagilarni diqqat bilan kuzatadi. Sinfdoshlar o‘rtasidagi raqobat, strategiya va psixologik o‘yinlar asta-sekin ochilib boradi.

