Flint Siti kichik shaharchasidagi parkda shafqatsizlarcha o'ldirilgan o'n bir yoshli bolaning jasadi topildi. Barcha dalillar, guvohlarning ko'rsatmalari bitta odamga — Terri Meytlendga ishora qiladi. Yoshlar beysbol jamoasi murabbiyi, ingliz tili o'qituvchisi, er va ikki qizning otasi-u bunga qodirmi? Bundan tashqari, Terrida inkor etib bo'lmaydigan alibi bor: jinoyat sodir etilgan paytda u boshqa shaharda bo'lgan. Ammo qanday qilib bir xil odam bir vaqtning o'zida ikkita joyda bo'lishi mumkin? Yoki shaharda har qanday odamning qiyofasini olishga qodir narsa paydo bo'lganmi?...Flint Siti politsiyasi detektivi Ralf Anderson va "topish va saqlash" agentligining xususiy tergovchisi Xolli Gibni nima bo'lishidan qat'i nazar, haqiqatni aniqlash niyatida…

