Bu kitob Alloh taoloni qanday bilish, ta’bir joiz bo‘lsa, U bilan samimiy va to‘g‘ri munosabat o‘rnatish haqida. Kitob gunoh qilib, o‘ziga nisbatan adolatsizlik qilgan odamga qanday qilib to‘g‘ri tavba qilishni, og‘ir dard iskanjasida qolganlarga shifo so‘rashni, qarzga botganlarga najot yo‘llarini topishni o‘rgatadi.
Muxtasar qilib aytganda, bu kitob yagona Yaratuvchimiz - Alloh taoloning cheksiz qudrati va cheksiz marhamati haqida o‘ziga xos uslubda, barchaga tushunarli tilda hikoya qilish uchun juda muhimdir.

