Cho'ziladigan sug'orish shlangi — bog', hovli va mashina uchun
Suv bosimi ostida uzayadigan yengil shlang. Suvni yopganingizda o'zi qisqarib, ixcham holatga qaytadi — o'ram qilib yig'ish va joy topish shart emas.
Eng muhim narsa: o'lchamni to'g'ri tushuning
Variantdagi raqam — bu suv bosimida cho'zilgandagi uzunlik. Shlang taxminan uch barobar uzayadi, ya'ni suvsiz holatda u uch barobar kalta ko'rinadi:
- 15 m variant — suvsiz holatda taxminan 5 m
- 22 m variant — suvsiz holatda taxminan 7–8 m
- 30 m variant — suvsiz holatda taxminan 10 m
- 45 m variant — suvsiz holatda taxminan 15 m
- 60 m variant — suvsiz holatda taxminan 20 m
Shuning uchun quvurdan eng uzoq nuqtagacha bo'lgan masofani o'lchang va o'sha masofadan kattaroq variantni tanlang. Qutidan chiqqan shlang kalta ko'rinsa — bu nuqson emas, suv berilganda uzayadi.
Xususiyatlari
- Purkagich: 7 ta sug'orish rejimi, tutqichni qulflash tugmasi
- Cho'zilishi: suv bosimida ~3 barobar, suv yopilganda o'zi qisqaradi
- Vazni: yengil, bir qo'lda ko'tariladi
- Qo'llash: bog', tomorqa, hovli yuvish, mashina yuvish
- Kafolat: 6 oy
Qanday ishlatiladi
- Shlangni jo'mrakka ulang, ulanish joyini qo'l bilan mahkam buraб qo'ying.
- Suvni asta-sekin oching — birdan to'liq ochmang. Shlang o'zi to'lib uzayadi.
- Ishni tugatgach: avval jo'mrakni yoping, keyin purkagich tugmasini bosib ichidagi suvni to'liq chiqaring.
- Suv chiqib bo'lgach shlang o'zi qisqaradi — shundan keyin yig'ib qo'ying.
Uzoq xizmat qilishi uchun
- Ichida suv qolgan holda tashlab qo'ymang — bu shlangni ichidan yorilishiga olib keladigan asosiy sabab.
- Suv bosimi juda kuchli bo'lsa jo'mrakni yarim oching.
- Shlangni tortmang va bir joyga ilib qo'ymang — uzayganda o'zi yetib boradi.
- Quyosh ostida to'lgan holda uzoq qoldirmang.
- Qishda quruq va sovuqdan himoyalangan joyda saqlang.
Buyurtma berishdan oldin bilib qo'ying
- Bu yengil uy sharoiti uchun shlang, doimiy bosim ostida ishlaydigan sanoat shlangi emas.
- Cho'ziluvchan shlanglar qattiq rezina shlangdan yengilroq, lekin o'tkir tosh va temir uchiga chidamsizroq — yer bo'ylab sudramang.
- Rang va uzunlik bitta variantda birlashtirilgan — buyurtmada uzunlikni tekshirib oling.
Yetkazib berishda
Topshirish punktida qutini oching: shlang, purkagich va ulagichlar bor-yo'qligini, matoda yirtiq yo'qligini tekshiring va uzunlik yorlig'i siz tanlagan variant ekanini solishtiring. Kamchilik bo'lsa — o'sha yerda sotuvchi chatiga yozing, 24 soat ichida hal qilamiz.