Mana aziz kitobxon, nihoyat siz sog‘ingan va anchadan buyon orziqib kutayotgan kitob nashrdan chiqdi. Sog‘inchlar, intizor kutishlar bejizga emas. Qardosh qirg‘iz va qozoq adabiyotining ikki buyuk ustuni - Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonovning suhbatlari asosida tartib berilgan mazkur asar o‘zini butun insoniyat taqdiriga daxldor deb bilgan O‘quvchi sog‘inchi uchun arzirli tuhfa.
Kitobda o‘tgan ajdodlar ruhiga hurmat, ular qoldirib ketgan ma’naviy meros va qadriyatlar oldidagi mas’uliyat, kelajak avlod taqdiri, odamzotning tabiat ne’matlariga munosabati, ma’naviy komillik, til va millat uyg‘unligi, Vatan qadri, muhabbatning inson taqdiridagi o‘rni masalalari ko‘ndalang qo‘yiladi.
O‘quvchi kitobni o‘qirkan, suhbatdoshlar qalbidagi og‘riqni o‘zida ham his qiladi. Adabiyotga shunchaki kirib kelmagan, tili, dini va millatidan qat’i nazar ODAMZOT taqdiri, kelajagi uchun qayg‘urgan, kelgusi avlod farzandlarini faqat va faqat baxtli ko‘rmoqni istagan va istaklarini mazkur asar orqali ifodalagan Aytmatovdek, Shoxonovdek iste’dod egalari bizni hamisha uyg‘oq yurak, uyg‘oq ruh bilan yashashga chorlaydi.
Nashriyot: Zabarjadmedia
Tarjimon: Nabijon Boqiy, Yoqubjon Xo‘jamberdiyev
Sahifa: 480 bet
Muqova: Qattiq

