«Eksmo» nashriyoti Lomonosov maktabi bilan hamkorlikda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun zamonaviy rivojlantiruvchi qo‘llanmalar turkumini taqdim etadi. Tajribali pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan metodika an’anaviy ta’lim usullari va zamonaviy yondashuvlarni uyg‘unlashtirib, bolaga yangi bilimlarni oson va qiziqarli tarzda o‘zlashtirishga yordam beradi. Turli mashqlarni bajarish orqali bolalar o‘qish ko‘nikmalarini, diqqat, xotira, nutq, mantiqiy fikrlash va mayda motorikani rivojlantiradilar, tahlil qilish, taqqoslash va xulosa chiqarishni o‘rganadilar. Qo‘llanma maktabga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishga, bolada o‘ziga ishonchni shakllantirishga va uning qobiliyatlarini ochib berishga xizmat qiladi. Mashg‘ulotlar o‘yin tarzida tashkil etilgani sababli, ta’lim jarayoni qiziqarli, samarali va bolalar hamda ota-onalar uchun maroqli bo‘ladi.

