©️Chinua Achebening “Har ne nuramoqda” romani Afrika adabiyotining yangi davrini boshlab bergan asar sifatida butun dunyoda tan olingan.
⚔️Asarni madaniyatlar to‘qnashuvi hamda inson ruhining iztirobini betakror tasvirlagan epopeya deya e’tirof etish mumkin.
😥Roman bosh qahramoni, kuch, g‘urur va qat’iyat timsoli bo‘lmish Okonkvo o‘z qishlog‘ida obro‘ topgan odam edi. Biroq inson boshiga ne savdolar tushishini qayerdan bilsin...
Shunday bir kun keladiki, bari chappa ketadi, abadiy barhayotdek tuyulgan tartiblar buzilib, har neki bor, nuray boshlaydi.
Achebe romani orqali bir odamning fojiasi misolida butun bir jamiyatning qulashini tasvirlaydi. Bir xalqning boshiga kelgan og‘ir sinovlar butun insoniyatga taalluqli bo‘lgan masalalarni o‘rtaga qo‘yadi.
“Har ne nuramoqda” – iztirob, qulash, umid va inson kurashining achchiq ifodasidir.

