Jaloliddin va Chingizxon o‘rtasidagi qarama-qarshilik — tariximizning eng qiziqarli sahifalaridan biridir. Zero, dunyoning katta qismini zabt etgan Chingizxon Jaloliddin bilan to‘qnashuvlarda har doim ehtiyotkorlik ko‘rsatgan. Mo‘g‘ullar xoni ilgari yosh Jaloliddin bilan shaxsan uchrashmagan bo‘lsa-da, uning qobiliyatlari haqida ko‘p eshitgan va uning qanchalik oqil ekanini juda yaxshi anglagan. Ushbu kitobda Chingizxonning Xorazmshohlar davlatiga qarshi harbiy yurishlari, uning o‘ziga xos taktik usullari va hiylalari, shuningdek, Jaloliddinning qahramonlik ko‘rsatgan ishlari yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

