Adib nomini ilk bor dunyo miqyosida mashhur qilgan asar, bu - "Jamila" qissasidir. 1958 yili rus va fransuz tillarida e’lon qilingan, ikki yil ichida sobiq Ittifoq va xorijdagi o‘ttizga yaqin tilga tarjima qilingan.
Asarni fransuz tiliga tarjima qilgan Lui Aragon uni "Muhabbat haqida yozilgan jahondagi ajoyib qissa" deb baholagan edi. Asarni qunt bilan o‘qisangiz bunga siz ham amin bo‘lasiz.

