Tengsiz nafosat bilan himoyalash
Samsung telefoningizni mukammal moslik va misli koʻrilmagan xavfsizlik uchun yaratilgan, oʻta chidamli gʻilofimiz (cheholimiz) bilan himoya qiling.
- Magnitli halqa: Ichiga oʻrnatilgan magnitli halqa MagSafe aksessuarlariga zudlik bilan yopishishni taʼminlaydi. Bu esa quvvatlashni va turli tutqichlardan (krepitel) osongina foydalanishni taʼminlaydi.
- Zarbga chidamli konstruksiya: Innovatsion zarbga qarshi texnologiya zarba kuchini oʻziga singdiradi va tarqatib yuboradi, bu esa qurilmangizga maksimal darajada himoya taqdim etadi.
- Yumshoq tugmalar: Sezgir va yumshoq tugmalar telefon funksiyalaridan tezkorlikni yoʻqotmagan holda, oson foydalanish imkonini beradi.
- Mukammal mos tushuvchi kesimlar: Puhta ishlab chiqilgan konstruksiya portlar, tugmalar va kameradan hech qanday toʻsiqlarsiz foydalanish uchun kesimlarning ideal mosligini kafolatlaydi.
- MagSafe dastagi: MagSafe'ning bekamu koʻst mosligi tufayli simsiz quvvatlash va magnitli aksessuarlardan zavqlaning.
- Toʻq qora va chidamli: Toʻyingan qora rang va mustahkam konstruksiya telefoningizga zamonaviy hamda ishonchli koʻrinish bagʻishlaydi.
- Kamera himoyasi: Kamera linzasi atrofidagi boʻrtib chiqqan qirralar tirnalish va shikastlanishlardan qoʻshimcha himoyani taʼminlaydi.
Magnitli halqaga ega boʻlgan himoya gʻilofimiz bilan Samsung telefoningiz beqiyos himoya, qulaylik va uslubga ega boʻladi.