Vazifasi:
Dvigatel va transmissiya orasida ishlaydigan mufta tizimining asosiy qismi. Diskni siqib turadi, uzatmalarni yumshoq almashtirishga yordam beradi va avtomobilning harakatga kelishini ta’minlaydi.
ASOSIY FUNKSIYALARI
- Mufta diskini siqib ushlab turadi.
- Tezlikni o‘z vaqtida uzatadi.
- Uzatma qutisiga momentni yetkazadi.
- Gaz berilganda kuchni silliq uzatadi.
- Tezlik o‘zgartirganda zarba va tebranishlarni kamaytiradi.
TUZILMASI
- Prujinali bosim mexanizmi
- Siqish yuzasi (bosim diski)
- Gulchokli prujina (lepestok)
- Korpus
- Stupitsa ulanish joylari
TEXNIK XUSUSIYATLAR
- Material: yuqori mustahkam po‘lat
- Ishlash prinsipi: mexanik siqish bosimi orqali
- Tizim: quruq mufta tizimi
- Mosligi: spark, damas, gentra, cobalt va boshqa modellarga qarab turlicha
NOSOZLIK ALAMATLARI
- Tezlik almashtirganda titrash
- Muftani qo‘yganida mashina sekin yurgisi kelmasligi
- Gaz berganda sirpanish (oborot ko‘tarilib, tezlik oshmasligi)
- Qattiq ovoz, g‘ichir-g‘ichir
- Pedal qattiqlashishi
AFZALLIKLARI
- Uzun xizmat muddati
- Tezlik almashinuvi silliq bo‘ladi
- Yoqilg‘i sarfini barqaror qiladi
- Dvigatel quvvatini yo‘qotmasdan uzatadi
QAYERDA JOYLASHGAN
- Dvigatel bilan transmissiya orasida, mufta korpusi (kolokol) ichida joylashgan.
- Mufta diski va vyjimmi podshipnik bilan birga ishlaydi.