Generatorning asosiy vazifalari: Elektr energiyasini ishlab chiqarish - dvigatel ishlaganda mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish. Akkumulyatorni zaryadlash - avtomobil akkumulyatorini ishga tushirishga doimiy tayyor holda zaryadlangan holatda saqlash. Elektr ta’minoti - chiroqlar, pechka, konditsioner, magnitola, signalizatsiya, o‘rindiqlarni isitish kabi barcha elektr jihozlarini ta’minlash. Tizimni barqarorlashtirish - batareya qizib ketmasligi va zaryadsizlanmasligi uchun kuchlanishni 13,5-14,5 V oralig‘ida ushlab turish.

