Iqtibos
"Qora ritorika - bu til sohasida mavjud bo‘lgan barcha vosita va qurollardan: og‘zaki, paraverbal va noverbal, ya’ni nutq, tana-nutq signallari va nutqqa hamroh bo‘lgan signallardan izchil foydalanish orqali g‘olibning dominant so‘zlariga o‘ralgan ishontiruvchi ritorikadir."
Karsten Bredemayer
"Qora ritorika: So‘z qudrati va sehri" kitobi nima haqida?
Muzokaralar yoki nutq jarayonida raqib yoki auditoriya siz uchun zarur bo‘lgan xulosaga kelishi uchun barcha ritorik vositalar va usullarni manipulyatsiya qilish qobiliyati haqida. Qaysi kontekstda va qaysi masalalarda sizning dalillaringiz hech qanday ahamiyatga ega emasligini yoki aksincha, hal qiluvchi ekanligini farqlash qobiliyati haqida. Muallif qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va har bir suhbatga "qizil ip" berish, suhbatdoshning salbiy fikrlashi va xatti-harakatlarini ijobiy va konstruktivga aylantirish, tuzoqlarni topqirlik va nafislik bilan bartaraf etish, qizg‘in bahslarda boshni yo‘qotmaslik va o‘zini ishonchli tutish haqida hikoya qiladi.
Nima uchun "Qora ritorika" kitobi o‘qishga arziydi?
Kitob yangi, nostandart yondashuv bilan ajralib turadi, u ham boshlovchilar, ham mutaxassislar uchun mashg‘ulot usullari, texnikasi va mashqlarining muvaffaqiyatli kombinatsiyasini taklif etadi.
Muallif o‘z sohasining obro‘li mutaxassisi, yengil va o‘tkir bayon uslubidan esa chinakam zavq olasiz.
Bu kitobni o‘qib, siz so‘zning sehri naqadar buyukligini tushunasiz, idrokingizni takomillashtirasiz, munozaralar olib borish uslubingizni sayqallashtirasiz va munozaralarni butunlay boshqacha olib borishni boshlaysiz.
Bu kitob kim uchun
Har qanday munozarani ishonch bilan olib borishni va har qanday bahsdan g‘olib chiqishni istagan har bir kishi uchun.
Muallif kim
Karsten Bredemayer - biznes-konsalting sohasidagi taniqli mutaxassis va butun nemis tilida so‘zlashuvchi Yevropa uchun muloqot texnikasi bo‘yicha yetakchi murabbiy. Ilgari u konsalting kompaniyalari guruhini boshqargan, bir necha yil davomida televizion dasturlarda ishtirok etish bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan. Allianz, Deutsche Bank, Novartis, Pharma, BP, Axel-Springer-Verlag, Deutsche Telekom, Ruhrgas, Gruner+Jahr, Haniel, Wal-Mart, SAP, Sun Microsystems va boshqalar kabi yirik firmalar bilan hamkorlik qiladi. Amaliy ritorikaga bag‘ishlangan bir qator kitoblar muallifi, jumladan, "So‘z hujumi san’ati," "Ritorika qoidalari: nutq paytida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik va ishonchli bo‘lish," "Provokatsion sotuvlar: o‘zingizni va tovaringizni qanday foydali taqdim etish."
Bu kitobni o‘qib, siz so‘zning sehri naqadar buyukligini tushunasiz, idrokingizni takomillashtirasiz, munozaralar olib borish uslubingizni sayqallashtirasiz va munozaralarni butunlay boshqacha olib borishni boshlaysiz.

