“Человек недостойный” Osamu Dadzayning eng mashhur asarlaridan biridir. Asar ko‘p jihatdan avtobiografik bo‘lib, ko‘plab tanqidchilar Yodzo Oba obrazida muallifning o‘zini ko‘radilar: hayotda o‘z o‘rnini topa olmay, o‘z hayotini asta-sekin barbod qilayotgan iztirobli inson. Go‘yoki shu asar orqali o‘z hayotiga yakun yasagandek, “Inson sifatida noloyiq” nashr etilganidan ko‘p o‘tmay, Dadzay Tokiodagi suv omborlaridan biriga o‘zini tashlab, hayotiga nuqta qo‘ygan.
Bu asar butun dunyoda mashhur. U film, manga va bir nechta anime asarlariga asos bo‘lgan.

