Har bir inson baxtga erishishni orzu qiladi. Ammo ba’zan bu orzu hech qachon ro‘yobga chiqmaydi. Go‘yoki yengib bo‘lmaydigan tashqi omillar bizga doimo to‘sqinlik qilayotgandek tuyuladi.
Gounel romanining qahramoni Yulian yosh, sog‘lom, chiroyli va… hayotidan nihoyatda norozi, garchi aslida baxtli bo‘lishiga hech narsa to‘sqinlik qilmasa ham. Baliga kelib qolgan u tropik o‘rmonlar orasida yashiringan kichik qishloqqa borib tushadi va u yerda Santiang ismli qari tabib bilan tanishadi. Orol bo‘ylab u haqda afsonalar yuradi. Donishmand qariya insonning tanasini emas, ruhini davolaydi. U shunday haqiqatni biladiki, u butun hayotimizni o‘zgartirishi mumkin: biz nimaga ishonsak, o‘sha narsa bizning haqiqatimizga aylanadi va hayotimizni belgilaydi.
"Человек, который хотел быть счастливым" kitobi butun dunyo bo‘ylab bestsellerga aylangan, bir necha yil davomida Fransiyada savdo reytinglarining yuqori pog‘onalarida bo‘lgan va yigirma besh tilga tarjima qilingan.

