iPhone 18 Pro uchun yumshoq silikon chetli, MagSafe bilan mos chexol
Yumshoq silikon chetlar smartfonni zich o‘rab turadi, qo‘lda yoqimli seziladi va telefonning yon tomonlarini tirnalishlar hamda ishqalanish izlaridan himoya qilishga yordam beradi. Egiluvchan chetlar tufayli chexolni taqish va yechish oson, yumaloqlangan shakli esa qulay ushlash imkonini beradi.
Silikon ramka yarim shaffof mat orqa panel bilan uyg‘unlashgan. Tuman effektli yuzadan telefon dizayni biroz ko‘rinib turadi, barmoq izlari esa kamroq seziladi. Ikki xil rang mavjud: to‘q bordo va klassik qora.
Afzalliklari:
• Yumshoq va egiluvchan silikon chetlar — kundalik foydalanishda qulaylik.
• Telefonga zich o‘rnashadi, yon tugmalar uchun qoplamalar mavjud.
• To‘rtta burchakdagi amortizatsiya zonalari zarbani yumshatishga yordam beradi.
• Obyektivlar uchun alohida kesiklar va kamera bloki atrofidagi himoya cheti.
• O‘rnatilgan magnitli halqa — MagSafe aksessuarlari bilan mos.
• Yarim shaffof mat orqa panel.
Mos model: iPhone 18 Pro.
Ranglar: bordo va qora.
To‘plam: 1 dona chexol, xar biri induvidual korobkada. Smartfon va aksessuarlar to‘plamga kirmaydi.
Parvarish: yumshoq nam salfetka bilan arting. Abraziv vositalar va erituvchilardan foydalanmang.

