Kiyim oʻlchami: M •
Rang: Qora
AfzalliklariJuda yoqdi bu longsliv 😍 anchadan beri shunaqa yopiq, oddiy va chiroyli kiyim izlayotgandim. Matosi juda yumshoq, tanaga yoqimli, umuman noqulaylik bermaydi. Kapyushoni ham juda chiroyli turadi, ortga tortmaydi. Yenglari uzun, aynan o’zim xohlagandek. Kundalik kiyishga juda qulay, yubka bilan ham juda mos tushdi. Yuvgandan keyin ham rang o’zgarmadi. Rahmat sotuvchiga!
KamchiliklariBuyurtmam tez yetib keldi, qadoqlanishi ham yaxshi ekan. Mahsulot rasmga to’liq mos, hatto jonli ko’rinishda yanada chiroyliroq. Rangi to’q qora, sifati yaxshi. Tikilishi ham juda ozoda, iplar chiqmagan. Muslima qizlar uchun juda mos variant, hamma joyi yopiq. O’lchami ham to’g’ri keldi. Tavsiya qilaman
IzohRostini aytsam, bunaqa sifatni kutmagandim. Juda qulay va chiroyli. Matosi o’rtacha qalinlikda, na issiq, na yupqa — aynan kerakli. Fasoni keng, yopishmaydi, juda ozoda ko’rinadi. Kapyushoni bilan yanada stil beradi. Har kuni kiyish uchun zo’r variant. Yana olaman. Birinchi marta buyurtma berdim va juda mamnun bo’ldim 😊 hammasi rasmga mos, hatto yaxshiroq. Juda sipo va chiroyli ko’rinadi. Oson kombinatsiya qilinadi, har xil kiyimlar bilan mos tushadi. Opamga ham yoqdi, yana buyurtma beramiz.🥰🥰🥰🥰🥰🥰
Sotuvchining javobi
Assalomu alaykum Ganiyeva.
Sizning iliq so‘zlaringiz bizni juda ilhomlantiradi! 😊
Mahsulotimizni yuqori baholaganingiz uchun katta rahmat.
Har qanday savolda bizga yozing! 📧