Charlz Uilanning “Yalang‘och iqtisod” asari barchamizga tanish bo‘lgan hayotiy misollar yordamida sodda va tushunarli tilda iqtisodiyotning mohiyati va dolzarb muammolarini tushuntiradi. Kitobda murakkab diagrammalar yoki sirli formulalar mavjud emas, aksincha, moddiy dunyo qanday qonunlar bilan boshqarilayotgani va mamlakatlar qanday boyib borishi tushuntirilgan. Biz asarni o‘qishni boshlaganimizda, muallif biz bilan bu dunyoning eng chekka chekkalariga sayohat qilib, keng iqtisod olamida bizning yo‘lboshchimizga aylanadi. Uilan ishonchli yo'lboshchi va uning biz bilan suhbatlari samimiy va do'stona.

